• Sitologiya
• Genetika
• Molekular biologiya
• Evolutsiya
Mazkur kitob 9-sinf va 10-sinf biologiya fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasdiqlangan so‘nggi nashr darsliklariga asoslanib tayyorlangan bo‘lib, bu «qo‘llanma»da BMB (eski DTM) va sertifikat imtihonlarida tushishi mumkin bo‘lgan asosiy ma’lumotlar sodda va ravon tilda tushuntirilgan. 📘
Kitobning qulayligi shundaki, 9-sinf va 10-sinf darsliklari birlashtirilgan, shuningdek, ikkala kitobdagi umumiy mavzular yaxlit «qolip» ko‘rinishida yoritilgan. O‘quvchilarni faqat yodlashga emas, mavzuni mukammal tushunib o‘zlashtirishga erishish uchun kitob diagrammalar va rasmlar bilan boyitilgan. 🌱📊
Kitob asosan abituriyentlarga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanayotganlar uchun juda samarali hisoblanadi. 🧪 Ushbu kitobni mukammal o‘zlashtirgan abituriyentlar BMB va sertifikat imtihonlarida tushishi mumkin bo‘lgan 9 va 10-sinflar bo‘yicha har qanday savolga bemalol, qiynalmasdan javob topa olishiga aminmiz! 🌟

