"Biologiya. 8-sinf. Inson va uning salomatligi" O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarining 8-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 2019-yilgi o‘quv dasturiga mos keladi. Nashrda inson organizmining tuzilishi va hayot faoliyati, organlar va organlar tizimining funksiyalari, anatomiya va fiziologiya asoslari, salomatlikni saqlash va mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzi va birinchi yordam ko‘rsatish masalalari ko‘rib chiqiladi.

