"Biologiya. 5-sinf" O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarining 5-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, amaldagi o‘quv dasturiga mos keladi. Kitobda o‘quvchilar biologiya asoslari, tirik organizmlarning xilma-xilligi, o‘simliklar, hayvonlar, zamburug‘lar va mikroorganizmlarning tuzilishi hamda hayot faoliyati, ularning yashash muhiti hamda tirik tabiatning inson hayotidagi o‘rni bilan tanishadilar.

