"Biologiya: 10-sinf" darsligi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 2022-yildagi yangilangan o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan. Unda umumiy biologiyaning zamonaviy asoslari, jumladan, hujayra tuzilishi va funksiyalari, hayotning molekulyar asoslari, moddalar va energiya almashinuvi, genetika, irsiyat va o‘zgaruvchanlik, biotexnologiya tamoyillari, tirik organizmlar evolyutsiyasi hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari yoritilgan.

