"Biologiya: 10-sinf" darsligi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi o‘quv dasturiga mos keladi. Mazkur nashr umumiy biologiyaning asosiy yo‘nalishlarini, jumladan, organizmlarning hujayraviy tuzilishi, moddalar va energiya almashinuvi, genetika, seleksiya asoslari, evolyutsiya nazariyasi, ekologiya hamda biologik xilma-xillik masalalarini qamrab oladi. O‘quv materiali tushunarli tarzda bayon qilingan bo‘lib, aniq rangli tasvirlar, sxemalar, jadvallar va amaliy mashqlar bilan boyitilgan.

