Farmakologik xususiyatlari – BioFlex Pro biologik faol qo‘shimcha bo‘lib, bo‘g‘imlarga II-tip kollagen va glyukozamin yetkazib beradi hamda bo‘g‘imlar salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi.
Glyukozamin – sinovial suyuqlik hosil bo‘lishiga yordam beradi va bo‘g‘imlarning erkin harakatlanishini ta’minlaydi. Biriktiruvchi to‘qima sintezida ishtirok etadi, tog‘ay yemirilishining oldini oladi va to‘qima regeneratsiyasini rag‘batlantiradi. NPVS va GKS qo‘llanilganda zararlangan tog‘ayni metabolik yemirilishdan himoya qiladi, yallig‘lanishning oldini oladi.
Kurkumin – tabiiy polifenol bo‘lib, kurkuma ildizida saqlanadi. Yallig‘lanishga qarshi ta’siri nosteriod preparatlarga o‘xshash mexanizmga ega. U TsOG-2 fermenti faolligini kamaytirib, og‘riq va yallig‘lanish mediatorlari bo‘lgan prostaglandinlar hosil bo‘lishini va yallig‘lantiruvchi sitokinlar sintezini susaytiradi. Nosteriod vositalardan farqli ravishda oshqozon-ichak devorlariga zarar bermaydi.
Artrit, artroz, bursit va boshqa bo‘g‘im kasalliklarida og‘riq intensivligini kamaytirishga yordam beradi.
Gidrolizlangan kollagen – biriktiruvchi to‘qimaning asosiy oqsili. Bo‘g‘im, suyak, tog‘ay, qon tomirlar devori tarkibiga kiradi. II-tip kollagen tog‘ay to‘qimasining asosiy qurilish materiali bo‘lib, tog‘ay kollagenining 85–90% ini tashkil etadi. Ovqat hazm qilish yo‘lida peptid va oligopeptidlarga parchalanib, maqsadli to‘qimalarga yetkaziladi.
Bioperin – ozuqa moddalarining so‘rilishini oshiradi. Foydali moddalar tezroq qonga o‘tishini va organizm bo‘ylab tarqalishini ta’minlaydi.
MSM (metilsulfonilmetan) – og‘riqni kamaytirishga yordam beradi, yallig‘lanish, mushak spazmi va tog‘ay yemirilishini oldini oladi hamda qon aylanishini yaxshilaydi. Tadqiqotlarga ko‘ra, artritda oltingugurt darajasi 30% gacha pasayishi mumkin, MSM muntazam qabul qilinganda me’yorlashishga yordam beradi.
12 yoshdan kattalar va keksalarda tayanch-harakat tizimi kasalliklari, posttravmatik holatlar hamda tog‘ay to‘qimasidagi degenerativ-distrofik o‘zgarishlarda tavsiya etiladi.
Qo‘llanilishi:
Kattalarga 1+1 sxema bo‘yicha: 1 ta tabletka kunduzi, 1 ta kechqurun, ovqat vaqtida yoki ovqatdan so‘ng, 90 kun davomida. Homiladorlik va laktatsiya davrida shifokor tavsiyasiga ko‘ra qabul qilinadi. Qayta kursni shifokor individual belgilaydi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar: 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar, komponentlarga individual yuqori sezuvchanlik.
Nojo‘ya ta’siri: Kamdan-kam allergik reaksiyalar.
Dorixonadan berilishi: Retseptsiz.
Biologik faol qo‘shimcha, dori vositasi hisoblanmaydi.

