

BAIGISH 8x30 — mustahkamligi va klassik ko‘rinishi bilan ajralib turadigan binokl. Ushbu modelning eng muhim jihati — korpusi to‘liq metall quymadan tayyorlanganidir. Qo‘lda og‘ir va sifatli buyum ekani darhol seziladi, konstruktsiyasi bardoshli va uzoq muddat xizmat qilishga mo‘ljallangan.

8 karra kattalashtirish uzoqdagi obyektlarni ravshan va tiniq ko‘rsatadi. 150m / 1000m ko‘rish maydoni keng tasvir beradi, bu esa kuzatuv vaqtida qulaylik yaratadi. Linzalari pishiq va sifatli optik shishadan tayyorlangan bo‘lib, tasvir aniqligini ta’minlaydi. Fokus mexanizmi silliq ishlaydi, ko‘rish barqaror va ravshan.
Binokl og‘irligi 500 gramm. To‘liq to‘plam og‘irligi 730 gramm bo‘lib, bu uning zich va mustahkam materialdan tayyorlanganini ko‘rsatadi.

— Sifatli himoya sumkasi
— Linzalar uchun himoya qopqoqlari
— Maxsus tozalash matosi
— Bo‘yinga taqib yurish uchun qulay tasma
Ovchilik, tog‘ sayohatlari, baliq ovlash, tabiatni kuzatish yoki stadion uchun juda mos model. Sifatli va uzoq xizmat qiladigan binokl izlayotganlar uchun ishonchli tanlov.

Ushbu mahsulot aslida Xitoyda ishlab chiqariladi. Firibgarlar so‘ziga yoki “made in russia” kabi yozuv tushirilgan turlariga aldanib qolmang. Ushbu 8x30 BAIGISH binoklining har xil sifatdagi turlari mavjud. Biz sizga eng sifatli, korpusi metall quymadan tayyorlangan (plastik ustiga metall qoplanmagan) turini taqdim etmoqdamiz.

