Ba’zan biz omadsizlik deb o‘ylagan voqealar aslida eng katta omadimiz bo‘lishi mumkin...
Iynas Xatibning “Bilsangiz edi” kitobi o‘quvchini o‘z ichki olamiga, o‘tmishdagi tanlovlariga va hayotida sodir bo‘lgan voqealarga boshqacha nigoh bilan qarashga undaydi.
Kitob sahifalarini varaqlar ekansiz, o‘zingizga ko‘pdan beri berib kelayotgan savollaringizga javob izlaysiz. Nega ayrim istaklarimiz amalga oshmaydi? Nega ba’zi insonlar hayotimizdan ketadi? Nega biz yo‘qotish deb bilgan narsalarimiz ortida yaxshilik yashiringan bo‘lishi mumkin?
Asar sizga har bir voqea bejiz emasligini, inson bilmagan hikmatlar va Yaratganning biz uchun belgilagan taqdiri borligini chuqurroq his etishga yordam beradi.
Bu kitob sizga:
❤️ “Balki siz yo‘qotdim deb o‘ylagan narsangiz aslida sizni bir xavfdan asragandir...”
“Bilsangiz edi” — shunchaki mutolaa uchun emas, o‘zingiz bilan yuzma-yuz qolish va hayot haqida chuqurroq fikrlash uchun kitob.
O‘zingiz va yaqinlaringiz uchun mazmunli sovg‘a!

