«Bilmasangiz, zikr ahlidan so‘rang» deya marhamat qilib, musulmonlarga bilmaganlarini ahli ilmlardan o‘rganishni buyurgan Alloh subhanahu va taologa hamdu sanolar bo‘lsin!
Ummatlariga muallim bo‘lgan, ularning savollariga javob berib, bilmaganlarini o‘rgatgan, bashariyatni jaholat zulmatidan ilmu irfon nuriga chorlagan Rasulimizga durudu salavotlar bo‘lsin!
Nabiylariga voris o‘laroq xalqqa Islomni o‘rgatgan, turli hayotiy va hatto faraziy masalalarni bayon qilish bilan kishilik jamiyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ilm ahllariga Alloh taoloning rahmati bo‘lsin!
Ma’lumki, ana shunday vorislardan biri sanalmish marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari rahimahulloh shariat, ilmu ma’rifat yo‘lida insoniyat uchun mislsiz xizmat qildilar.

