Bifilar Maksi. «Evalar».
Ichak mikroflorasini tezda tiklash uchun yangi avlod probiotigi.
Faol moddalari: bifidobakteriyalar, laktobakteriyalar, prebiotik.
Ta’siri: ichak mikroflorasini tiklash, hazmni yaxshilash, immunitetni mustahkamlash.
10 kun ichida ichak mikroflorasini tiklash uchun 55 mlrd tirik bakteriya!
Dori vositasi emas.
Bolalar ololmaydigan joyda, 25 °C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin,
sovutkichda saqlash talab etilmaydi.
Qachon foydali bo‘lishi mumkin?
Disbakteriozda. Antibiotiklar qabul qilgandan keyin, stress va noto‘g‘ri ovqatlanishdan so‘ng organizmni qo‘llab-quvvatlash uchun.
Qabziyatda. Foydali bakteriyalar mikrobiota balansini yaxshilaydi va ichakda suvni ushlab turish orqali ovqat hazmini me’yorlashtiradi hamda ichni bo‘shashini yengillashtiradi.
Antibiotik qabul qilganda. Antibiotiklar ichak mikroflorasining disbalansiga olib keladi, shuning uchun ularni qabul qilgandan keyin sinbiotiklar kursini ichish tavsiya etiladi.
Ichak infeksiyalaridan keyin. Ichak infeksiyasidan keyingi tiklanish bosqichida probiotiklar ichak mikroflorasini yaxshilash, disbakterioz va ichakning irritatsiya sindromi rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi.
Allergik reaksiyalarda. Ichak mikroflorasi immun tizimda muhim rol o‘ynaydi. Foydali bakteriyalar ichki yallig‘lanishni kamaytiradi, immun javobni tartibga soladi va yallig‘lanish sitokinlari ishlab chiqilishini kamaytiradi.
Immunitet uchun. Sog‘lom ichak – kuchli immunitet asosidir.
Metabolizmni yaxshilash uchun. Ichak bakteriyalari ishtaha va to‘qlik hissiga ta’sir qiluvchi gormonlar (leptin va grelin) ishlab chiqarish orqali metabolizmga ta’sir ko‘rsatadi.
Teri go‘zalligi uchun. Probiotiklar Th1 va Th2 limfotsitlari balansini tuzatishga yordam beradi, bu esa allergiya va teridagi qizarishlar ehtimolini kamaytiradi.
Probiotiklarda nechta foydali bakteriya bo‘lishi kerak?
Foydali bakteriyalar soni ularning samaradorligida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Optimal doza – bu 55 mlrd tirik bakteriya, chunki:
Bifilar Maksi «Evalar» tarkibida klinik tadqiqotlarda o‘z samaradorligini tasdiqlagan 8 ta foydali bakteriya shtammi mavjud. Bular bifidobakteriyalar (Bifidobacterium) va laktobakteriyalar (Lactobacillus):

