Kofe olami bo‘ylab 90 yillik sayohat — siz ishonishingiz mumkin bo‘lgan tajriba.
Biancaffe Soave, 1000 gr. 1932-yildan buyon boy tarixga ega bo‘lgan Italiyaning professional ishlab chiqaruvchisidan.
Biancaffe Soave — ko‘pchilik qahva ishqibozlariga ma’qul keladigan ta’m xususiyatlariga ega an’anaviy italyancha qovurilgan qahva qorishmasi. Nafis ifor va quyuq tanaga ega.
Nafis Soave kupaji — bu kamida 50% premium arabika va unga qo‘shimcha ravishda yuqori sifatli organik robusta qorishmasidir. U o‘zining nozik va yengil ta’mi, shuningdek, gulli va mevali mayin ifori bilan ajralib turadi. Ushbu qahva turi, odatda, eng nozik aromatik notalarni butunligicha saqlab qolish imkonini beruvchi yengil qovurilgan qahva donachalaridan tayyorlanadi.
Kupajda ishlatiladigan Santos navi — bu bizning tasterlarimiz (tatib ko'ruvchilar) tomonidan San-Paulu, Minas-Jerais va Parana shtatlaridan tanlab olingan yuqori sifatli mahsulotdir. U o‘ziga xos mis-yashil rangga hamda yassi va uzunchoq shakldagi donachalarga ega.
Qahva plantatsiyalariga asos solgan mamlakatdan. Bizning kupajimiz uchun tanlangan Efiopiya qahvasi yuqori qiymatga ega mahsulot hisoblanadi. Uzunchoq shakldagi va jigarrang-yashilsimon tusdagi o‘rtacha/yirik donachalar qorishmaga o‘rtacha nordonlik, yaxshi quyuqlik (tana) va mevali jilolarni baxsh etadi.
Dunyodagi ikkinchi yirik qahva ishlab chiqaruvchisidan. Kupajimiz uchun ishlatiladigan Kolumbiya qahvasi — bir xil, yirik va yassi donachalarga ega nafis arabikadir. U bodom ta'miga moyillik, kuchli ifor va o‘rtacha yuqori nordonlikka ega.
Eng yuqori nufuz va sifatga ega kofe. U barqaror va quyuq ko'pik (krema) beradi, shuningdek, qovurish va tatib ko'rish paytida ham yaqqol seziladigan mavrak (shalfey) va limonning o'tkir hidiga ega. Yaxshi, yoqimli va yumaloq tana bilan uyg'unlashgan o'rtacha-mayin nordonlik, hamda yaqqol sezilarli shirinlik uni nihoyatda yoqimli qiladi va bu ta'mni yana takrorlash istagini uyg'otadi.
O‘zining quyuqligi, balansi va ifori tufayli espresso uchun mo'ljallangan gurman (premium) kupajlariga juda mos keladigan nihoyatda qiziqarli qahva. U karamel notalarini taqdim etadi va hatto alohida (mononav) holda damlanganda ham ajoyib ta'm beradi.
Tarkibi sinchkovlik bilan saralangan, yirik donachalardan iborat o‘ta nafis qahva. Damlanganda o‘zining ajoyib quyuqligi, quyuq ko‘pigi hamda ziravorlar jilosiga ega shokoladli ta’mi bilan o‘zgacha bir unikal xarakterni namoyon etadi.

