Kofe olami bo‘ylab 90 yillik sayohat — siz ishonishingiz mumkin bo‘lgan tajriba.
BIANCAFFE CLASSICA, kofe donachalari, 1000 gr. 1932-yildan buyon boy tarixga ega bo‘lgan Italiyaning professional ishlab chiqaruvchisidan.
Nafis Markaziy Amerika arabika qahva donachalari (70%) va eng premium, yuqori sifatli Kaapi Royal robustasi (30%) qorishmasi (kupaji).
Markaziy Amerika arabika donachalari ustunlik qiladigan italyan qahvasining "klassik" ifodasi. Ushbu blend o‘zining uyg‘un va nafis gulli ta’mi, o‘tkir ifori, quyuq tanasi (shirasi) hamda past nordonligi bilan ajralib turadi.
ARABIKA — Salvador
Eng yuqori nufuz va sifatga ega qahva. U barqaror va quyuq ko'pik (krema) beradi, shuningdek, qovurish va tatib ko'rish paytida ham yaqqol seziladigan mavrak (shalfey) va limonning o'tkir hidiga ega. Yaxshi, yoqimli va yumaloq tana bilan uyg'unlashgan o'rtacha-mayin nordonlik, hamda yaqqol sezilarli shirinlik uni nihoyatda yoqimli qiladi va bu ta'mni yana takrorlash istagini uyg'otadi.
ARABIKA — Honduras
O‘zining quyuqligi, balansi va ifori tufayli espresso uchun mo'ljallangan gurman (premium) kupajlariga juda mos keladigan nihoyatda qiziqarli qahva. U karamel notalarini taqdim etadi va hatto alohida (mononav) holda damlanganda ham ajoyib ta'm beradi.
ROBUSTA — India — Kaapi Royale
Tarkibi sinchkovlik bilan saralangan, yirik donachalardan iborat o‘ta nafis qahva. Damlanganda o‘zining ajoyib quyuqligi, quyuq ko‘pigi hamda ziravorlar jilosiga ega shokoladli ta’mi bilan o‘zgacha bir unikal xarakterni namoyon etadi.

