Anastasiya Kamenskayaning eng g‘ayrioddiy ishlaridan biri.
Anastasiya Kamenskaya faoliyatida anchadan beri bunchalik g‘alati ish uchramagan edi.
Noma’lum yozuvchi Andrey Kislovning omadi chopib ketdi. O‘z hisobidan chop ettirgan yagona romani asosida serial suratga olishmoqchi, buning uchun unga juda katta gonorar taklif qilishmoqda. Tabiiyki, u bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qiladi. Ammo kutilmaganda hech qanday shart bilan ham shartnomani imzolamasligini e’lon qiladi.
Gap katta pul haqida ketayotgani sababli, uning bu sirli rad javobi sabablarini aniqlashga xususiy detektiv agentligi xodimi Nastya Kamenskaya jalb etiladi. Biroq ko‘p o‘tmay, uning o‘zi qotillik ishi bo‘yicha bosh gumondorga aylanadi. Albatta, yana kim bo‘lishi mumkin edi! Axir jabrlanuvchining aytishicha, aynan Nastya unga nisbatan qo‘pol va uyatsiz xatti-harakatlar qilgan, tahdidlar bilan qo‘rqitgan... U bularning barchasini o‘limidan oldin o‘zi aytib ketgan, buning ustiga, boshqa guvohlar ham bor...

