Roman lirika realizmi janrida yozilgan bo‘lib, muallif bu uslubga 1987-yilda chop etilgan «Norvejskiy les» romanidan so‘ng qaytmagan edi.
Ushbu romanda g‘ayrioddiy syujet, olamlar tutashuvi, koinot qonunlarini anglash va qahramonlarning ruhiy yangilanishi tasvirlanadi. Xiyonat bilan bog‘liq vayronkor tuyg‘ular qanday oqibatlarga olib keladi? Sevgi yolg‘izlikni yenga oladimi? Inson tashqi va ichki jihatdan butunlay o‘zgarishi mumkinmi? Yashirin tuyg‘ular doimo yashirin qoladimi? O‘tmishdagi larzalar bosh qahramon Tsukuru Tadzakiyni yangi baxtli kelajakka qo‘yib yuboradimi? Har doimgidek, Haruki Murakami asarlarida bo‘lgani kabi, hammasi murakkab va nihoyatda qiziqarli - kitobga bir zumda sho‘ng‘iysiz va oxirigacha o‘qimasdan qo‘ya olmaysiz!

