• ISBN 978-9943-23-163-4 Mark Manson tomonidan yozilgan Til: o'zbek Kirill yozuvi Tarjimon Mavlon Marasulov Sahifalar soni 187 Asaxiy Books nashriyoti Qopqoq turi qattiq Qog'oz o'lchami A5 Nashr qilingan yili 2020
Soʻnggi yillarda Menson ancha ommalashgan blogi orqali oʻzimiz va atrofimizdagi olam haqidagi yolgʻon tasavvurlarimiz va ularni toʻgʻrilash haqida yozdi. Nihoyat, u oʻzining achchiq haqiqatlarini shu kitobga jamladi.
Ushbu kitobda muallif baxtli boʻlishning kaliti mudom “ijobiy” fikrlashni toʻxtatib, voqelikni tan olish va unga tik borishda, deb koʻrsatadi.
“Yillar mobaynida bizga ijobiy fikrlash – baxtli va muvaffaqiyatli hayotning kaliti, deya uqtirib keldilar. Ortiq bunday boʻlmaydi. Ijobiylikka tupuring,” – deydi Mark Menson.
Menson ilmiy tadqiqotlar xulosalari va oʻrinli oʻtkir hazillari yordamida oʻz argumentini quvvatlaydi.
Muallif imkonimiz cheklanganini bilib, buni boricha qabul qilishni maslahat beradi. “Bu – qudratli boʻlishning chin manbai, – deydi u. – Qoʻrquvimiz, nuqsonlarimiz va mubhamliklarni boricha qabul qilgach, ortiq ulardan qochmaymiz, balki ularga qarshi yuzlanamiz, izlaganimiz jasorat va ishonchga erishamiz.”
Kitobni oʻqir ekansiz, muallif koʻngilochar hikoyalar-u achchiq hazillar bilan yelkangizdan silkib, mudroqdan uygʻotgandek boʻladi. “Beparvolikning nozik sanʼati” yanada mazmunli, qoniqarli umr kechirishimiz uchun tetiklashtiruvchi tarsakidir.

