OYAL R40501 BENZOPILA — kuchli va qulay benzinli arra! 💪
⚡ Quvvati: 2,5 kVt
🔧 Dvigatel hajmi: 58 cc
🏎️ Aylanish tezligi: 12 000 ayl/min
⛽ Yonilg‘i baki: 550 ml
🌳 Yog‘och kesish, daraxt shoxlarini tozalash va qurilish ishlari uchun mos!
🎁 KOMPLEKT TARKIBI:
⛓️ Qo‘shimcha zanjir
🛢️ 2 dona 100 ml STIHL moyi (jami 200 ml)
🧰 Kerakli asbob-uskunalar
📌 ISHLATISH BO‘YICHA MUHIM TAVSIYALAR:
⛽ Yoqilg‘i aralashmasi: 1 litr benzinga 40 ml STIHL moyi qo‘shing. Komplektdagi 200 ml moy 5 litr benzinga yetadi. Aralashmani ishlatishdan oldin yaxshilab aralashtiring.
⛓️ Zanjir moyi: Zanjirni moylash uchun alohida maxsus universal zanjir moyidan foydalaning. STIHL ikki taktli dvigatel moyini zanjir moyi o‘rnida ishlatmang.
🔰 Birinchi ishga tushirish (obkatka): Yangi benzopilani dastlabki 20–30 daqiqa yengil rejimda ishlating. Uzoq vaqt davomida maksimal gazda ishlatmang va dvigatelni zo‘riqtirmang. Ishlab chiqaruvchi yo‘riqnomasidagi tavsiyalarga amal qiling.
✅ To‘g‘ri foydalanish benzopilaning uzoq xizmat qilishiga yordam beradi!

