Abdulla Qahhor o‘zbek adabiyotiga hikoya janrining mislsiz ustasi sifatida kirib kelgan. Ustoz yozuvchi hattoki o‘zbeklarning Chexovi darajasida ulug‘langan. Uning hikoyalarida o‘zbek xalqining eng yaxshi qirralari-o‘tkir aql, hayotiy donishmandlik aks etishi bilan birga, hazil-mutoyibaga moyillik ham sezilib turadi. Abdulla Qahhorning o‘zi: "Men bolaligimda o‘zim guvoh bo‘lgan voqea-hodisalarni tasvirlaganman. Haqiqat va faqat haqiqatni yozganman. Agarda mazkur haqiqat sizga, zamonaviy yoshlarga aql bovar qilmas bo‘lib tuyulsa, u holda men oxirigacha yetmagan achchiq hikoyamni ertak deb atay qolaman",-deb yozgandi.

