Siz nimani xohlayotganingizni aniq bilasiz va o‘zingizga ishonasiz. Hayotingizda muvozanatni saqlagan holda maqsadlaringizga erishasiz. Atrofingizdagilarga ijobiy his-tuyg‘ular ulashib, ularning hayotida ham ishonch gullab-yashnashiga yordam berasiz.
O‘zingiz taratayotgan betakror energiyani BELARA parfyumeriya suvi yordamida yanada yorqin namoyon eting.
“Siz bugungi sinovlarga ertangi yutuqlar sari yo‘naltirilgan holda qaraysiz.” Ushbu aroma professional, hayotga real qaraydigan, ehtirosli, jasur, o‘ziga ishongan va serg‘ayrat ayol uchun yaratilgan. Uning hayotdagi maqsadlari aniq va ularga erishish yo‘llarini yaxshi biladi. U yangi imkoniyatlar va sinovlarni izlaydi hamda o‘z kuchli tomonlaridan unumli foydalanishni biladi.
Atirning hidi kun davomida o‘zgarib borishi mumkin. Bu aromaning turli tarkibiy qismlari terida turli bosqichlarda namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq. Parfyumerlar aromaning uch asosiy ochilish bosqichini ajratadilar.
Yuqori notalar
Aromaning ilk taassurotini yaratadi va odatda 15 daqiqagacha sezilib turadi.
O‘rta notalar
“Yurak notalari” deb ham ataladi. Ular atir teriga surtilganidan bir necha daqiqa o‘tgach ochiladi. Yuqori notalar yo‘qolgandan keyin paydo bo‘ladi va aroma saqlanib turgan vaqt davomida sezilib turishi mumkin.
Asosiy notalar
Aromaning yakuniy taassurotini yaratadi va eng uzoq saqlanadigan notalar hisoblanadi. Ular atir surtilgandan keyin bir necha soat davomida sezilib turishi mumkin.
Puls uradigan nuqtalarda — bo‘yin, bilak, tirsak ichki qismi va tizza ichki tomonida teri iliqroq bo‘ladi. Bu aromaning yanada yaxshi tarqalishiga va to‘liq ochilishiga yordam beradi. Shu sababli atirni aynan shu nuqtalarga sepish tavsiya etiladi.

