Kitob insonning eng yaqin do‘sti. Bola tarbiyasida uning o‘rni beqiyos. Kitobxon bola sinfda nisbatan ilg‘or fikrlashi hech kimga sir emas. Qolaversa, bolaning beg‘ubor qalbi uchun kitob eng a’lo ezgulik bulog‘i sanaladi.
Shu o‘rinda bu yil ijodiy jamoamiz bilan bolalar uchun bir qator ertak va hikoyalar to‘plamini chop etishga qaror qildik.

