Real voqealarga asoslangan ushbu qissada O‘rta Osiyodagi davlatlardan birida istiqomat qiluvchi tadbirkor olim kishining boshidan kechirgan sarguzashtlari bayon qilinadi. Asar qahramoni atrofidagi ikkiyuzlamachi odamlarni tark etib, sog‘ligini tiklash, o‘zligini va Xudoni anglash, ziddiyatlarga to‘lib ketgan qalbi bilan tanholikda suhbatlashish maqsadida olti oy davomida yolg‘iz Pomir-Oloy tog‘ tizmalarda ayiq va boshqa maxluqotlar qurshovida yashaydi.
Ekstremal tog‘ sharoiti, yirtqich hayvonlar, radikal jihodchilar va hatto jinlar asirligidan omon chiqqan Sayyoh bu safardan imoni sayqallanib, jismonan yasharib, ruhan poklanib qaytadi. Ushbu falsafiy asarda ko‘tarilgan olamshumul muammolar, odamlarning pul topishga ruju qo‘yib, ma’naviy inqirozning kuchayib borayotgani, vujudga kelgan ma’naviy bo‘hrondan chiqish yo‘llari haqidagi fikr va mulohazalar o‘quvchini teran fikrlashga chorlaydi.
ISBN : 9789910841286
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 208
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 202
Nashriyot : Farg'ona nashriyoti
Yozuv : Kirillcha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq
Muallif : Begijon Ahmedov

