bu yog‘li va aralash teri, qora dog‘lar va kengaygan poralar uchun mo‘ljallangan yuqori samarali kremdir. Krem teriga elastiklik va silliqlik beradi, tabiiy yorqinlikni oshiradi hamda kengaygan teshiklarni toraytiradi. Tarkibidagi Willow-BHA (1%) o‘lik hujayralarni tozalab, poralarni tiniqlashtiradi, retinil palmitat ajinlar ko‘rinishini kamaytiradi va terini silliqlaydi. Peptidlar elastiklikni oshiradi, “S” vitaminining uch turi qarish jarayonini sekinlashtiradi, traneksamik kislota melanin ishlab chiqarishni bostiradi, niatsinamid (B3) teri rangini tekislaydi va yog‘li porlashni yo‘q qiladi. Centella kompleksi esa qizarishni tinchlantiradi va rozasea belgilarini kamaytiradi.
Kundalik foydalanishda krem ajinlar chuqurligini kamaytiradi, terini namlaydi, kollagen sintezini rag‘batlantiradi va terining yangilanish jarayonini faollashtiradi. Natijada teri yangilangan, silliq, tiniq va tabiiy yorqinlikka ega bo‘ladi.

