«Baxtsiz Shahzoda» — kichik kitobxonlar uchun mo‘ljallangan 49 ta ibratli ertakdan tashkil topgan to‘plam. Har bir ertakda bolalar uchun tushunarli bo‘lgan voqealar orqali yaxshilik, halollik, odoblilik, mehr-oqibat va mas’uliyat kabi muhim fazilatlar yoritiladi.
Ertak qahramonlarining xatti-harakatlari orqali bolalar yaxshi va yomon ishlarning farqini anglash, o‘z qarorlarining oqibatini tushunish va hayotiy vaziyatlardan to‘g‘ri xulosa chiqarishni o‘rganadilar. Sodda va qiziqarli bayon uslubi bolalarga asarlarni oson tushunishga yordam beradi.
Kitobni bolalar mustaqil o‘qishlari yoki ota-onalari bilan birgalikda mutolaa qilishlari mumkin. Rang-barang bezak va illyustratsiyalar esa o‘qish jarayonini yanada qiziqarli qiladi.

