Siz kuchsiz emassiz, shunchaki insonsiz.
Hamma narsaga qarshi kurasholmaysiz.
Hamma narsada eng zo'r bo'la olmaysiz.
Har doim hamma narsaga mantiqan yondasha olmaysiz.
Ba'zan uni qo'yib yuborishga to'g'ri keladi.
Ba'zan jang qilish va g'alaba qozonish o'rniga
mag'lubiyatni tan olishga to'g'ri keladi.
Chunki dunyo biz xohlaganimizdan ham, nazorat qila
oladiganimizdan ham ko'proq narsani o'z ichiga oladi.
Natija o'zgarmasada, aksariyat odamlar bir xil usulni qayta-qayta
sinab ko'rishda davom etadi. Agar shunday qilsangiz,
har safar o'zingizni yanada g'azablangan va baxtsiz his qilasiz.
Bu kitobda baxtingizning yo'qotgan joyda emasligini
tushuntirishga harakat qildim. Agar yetarlicha harakat
qilganingizni va natijasini ko'rmaganingizni o'ylayotgan
bo'lsangiz, sayohatga otlanishning vaqti keldi.
Aynan mana shu sayohatni tan olish deb atayaman.
Zaif tomonlaringiz, insonlar,
dunyo va his-tuyg'ularingizni tan olganingizda
kuchga to'lasiz. Yengillashgan sari og'irlashasiz.
Bu kitob tushuntirishni hohlagan g'oyani birgina gap bilan
ifoda qiling deyishsa, shunday javob bergan bo'lardim:
"Bo'ladigan ish bo'lib bo'ldi endi nima qila olaman?"
Tan olish orqali qanday qilib
kuchga to'lishingizni bilishni istaysizmi?

