Siz kuchsiz emassiz, shunchaki insonsiz.
Hamma narsaga qarshi kurasholmaysiz. Hamma narsada eng zo'r bo'la olmaysiz. Har doim hamma narsaga mantiqan yondasha olmaysiz.
Ba'zan uni qo'yib yuborishga to'g'ri keladi.
Ba'zan jang qilish va g'alaba qozonish o'rniga mag'lubiyatni tan olishga to'g'ri keladi. Chunki dunyo biz xohlaganimizdan
ham, nazorat qila oladiganimizdan ham ko'proq narsani o'z ichiga oladi.
Natija o'zgarmasada, aksariyat odamlar bir xil usulni qayta-qayta sinab ko'rishda davom etadi. Agar shunday qilsangiz, har safar o'zingizni yanada g'azablangan va baxtsiz his qilasiz.
Bu kitobda baxtingizning yo'qotgan joyda emasligini tushuntirishga harakat qildim. Agar yetarlicha harakat qilganingizni va natijasini ko'rmaganingizni o'ylayoygan
bo'Isangiz, sayohatga otlanishning vaqti keldi. Aynan mana shu sayohatni tan olish deb atayman.
Zaif tomonlaringiz, insonlar,dunyo va his tuyg'ularingizni tan olganingizda kuchga to'lasiz. Yengillashgan sari og'irlashasiz.
Bu kitob tushuntirishni xohlagan g'oyani birgina gap bilan ifoda qiling deyishsa ,shunday javob bergan bo'lardim: „Bo'ladigan ish bo'lib bo'Idi endi nima qila olaman?"
Tan olish orqali qanday qilib kuchga to'lishingizni bilishni istaysizmi?

