• ISBN: 978-9943-7160-8-7
• Muallif: Alixonto‘ra Sog‘uniy
• Nashriyot: «Munir»
• Sana: 2021 yil
• Hajmi: 116 bet
• O‘lchami: A4.5
• Muqovasi: qattiq
Ushbu qimmatli kitob XX asr o‘zbek ma’rifiy adabiyotining yirik vakillaridan biri Alixonto‘ra Sog‘uniy hazratlarining go‘zal ibrat va hikmatga to‘la misralari, salmoqdor fikrlarini o‘z ichiga oladi. Iymon, odob-axloq, ona til, millat qayg‘usi va boshqa umumbashariy fazilatlarga boy mavzular yoritilgan ushbu to‘plam sodda va ravon uslubda bitilganligi bilan alohida ahamiyatga sazovordir. Da’vat ruhi ustuvor bo‘lgan kitobdagi har bir misra kishini fikrlashga undaydi, uning zehnini go‘zal ma’nolar ila boyitadi.
Ma’rifatparvar ijodkor, erk va adolat kuychisi Alixonto‘ra Sog‘uniyning ushbu kitobi boshqa asarlari singari insonning dunyosi va oxirati uchun manfaatli bo‘lib, o‘ziga xos qadr-qiymatga egadir.

