Ushbu qimmatli kitob XX asr o‘zbek maʼrifiy adabiyotining yirik vakillaridan biri Alixonto‘ra Sog‘uniy hazratlarining go‘zal ibrat va hikmatga to‘la misralari, salmoqdor fikrlarini o‘z ichiga oladi. Iymon, odob-axloq, ona til, millat qayg‘usi va boshqa umumbashariy fazilatlarga boy mavzular yoritilgan ushbu to‘plam sodda va ravon uslubda bitilganligi bilan alohida ahamiyatga sazovordir. Daʼvat ruhi ustuvor bo‘lgan kitobdagi har bir misra kishini fikrlashga undaydi, uning zehnini go‘zal maʼnolar ila boyitadi.
Maʼrifatparvar ijodkor, erk va adolat kuychisi Alixonto‘ra Sog‘uniyning ushbu kitobi boshqa asarlari singari insonning dunyosi va oxirati uchun manfaatli bo‘lib, o‘ziga xos qadr-qiymatga egadir.
"Baxtlik nedur?" (Hikmatlar va she'rlar)
📄 Hajmi: 116 bet
📏 O‘lchami: 17x24 sm
Haqida: Iymon, odob-axloq, ona tili va millat qayg‘usi haqidagi she'riy va hikmatli o‘gitlar to‘plami. Hajmi kichik bo‘lsa-da, ma'nosi juda chuqur asar.
Umumiy xususiyatlari:
👤 Muallif: Alixonto‘ra Sog‘uniy
🛡 Muqova: Qattiq (Sifatli)
🔤 Alifbosi: Kirill

