Vakt insonning sarmoyasidir. Inson tili- dan chiqayotgan har bir so‘zga ahamiyat qaratib, faqat yaxshi so‘zlarni gapirishi lozim. Agar yaxshi so‘z topa olmasa, sukut qilgani yaxshiroqdir. Hik- mat esa mo‘minning yo‘qotgani, uni qayerda topsa, olishga haqli bo‘ladi. Hikmatli so‘z oltinga teng emas, balki oltindan ham qimmat, bebahodir. Ushbu kitobda ulamolarning hikmatli so‘zlari, hayot tajribalari, insonni to‘g‘ri yo‘lga boshlov-chi so‘zlar, umidbaxsh kalomlar, hayotdagi narsa- lar ta’rifi, durdona hikmatlar jamlangan.

