Hatto ishlar yaxshi ketayotgan paytda ham, ba'zida inson, biron sababga ko'ra, o'zini baxtsiz his qiladi, hayotidan hech qachon qoniqmaydi. Chunki qalbda og'riq bo'lsa, inson to'liq baxtli bo'la olmaydi. Ma'naviy va axloqiy omillar baxtga erishishda muhim rol o'ynaydi. Qo'lingizdagi kitob baxt, xotirjamlik, oilaviy uyg'unlik va sog'liqni saqlash sirlarini o'rganadi. Siz azizlar bilan hayotning mazmuni, baxt mezonlari va sog'lom turmush tarzi haqida samimiy suhbatlashish niyatidamiz.

