Kitob nomi: "Agar baxtli bo‘lishni istasangiz..."
Muallif: Dr. Oid al-Qarniy
Ushbu kitob muallifi — taniqli olim Dr. Oid al-Qarniy bo‘lib, uning "Mahzun bo‘lma" va "Tabassum qil" kabi asarlari avvalroq tilimizda nashr etilgan. Muallif ushbu kitobda baxtga erishish yo‘llari, tushkunlikdan saqlanish va g‘am-tashvishni yengish, shuningdek, hayot mazmunini chuqur anglash haqida so‘z yuritadi hamda qiyinchiliklarni yengib o‘tishning oddiy usullarini taklif etadi. Bundan tashqari, kitobda insoniyatga ato etilgan sanoqsiz ne’matlar, Alloh taologa ixlos bilan xizmat qilish hamda Haq (Alloh) bizga ato etadigan rahm-shafqat, saxovat, mehribonlik va O‘ziga yaqinlik tuyg‘ulari haqida so‘z boradi.
📝 Hajmi: 128 sahifa
📏 O‘lchami: 13x20 sm
📕 Muqova: Qattiq muqova
🇺🇿 Yozuv: Kirill alifbosi

