Qo'lingizdagi ushbu kitob-buyuk mutaffakkir,"Ikkinchi muallim"sifatida e'tirof etilgan Abu Nasr Forobiyning "Risolat at-tanbih ala sabil as-sa'ada"nomli mumtoz falsafiy asarining Said Komil Muhammad Karim tomonidan tayyorlangan zamonaviy tarjimasi va sharhidir. Unda tarjimon Forobiyning qadimgi yunon falsafasini Sharq hikmati bilan uyg'unlashtirib,baxtni insonning eng oliy kamoloti va eng ulug' yaxshiligi sifatida ta'riflaganini bugungi kun o'quvchisi uchun tushunarli bo'lgan zamonaviy hayotiy misollar bilan ochib beradi.
Kitobning bosh g'oyasi shundan iboratki,haqiqiy saodat o'tkinchi lazzatlar,shon-shuhrat yoki mol-dunyodan topilmaydi. Balki unga inson faqatgina bilimni egallash,o'zida go'zal xulq va o'tkir zehnni ongli ravishda shakllantirish orqali erisha oladi.

