Chaqalogʻingizning murgʻaklik davri, ilk qadamlari va begʻubor lahzalarini vaqt oʻtishi bilan unutib yubormaslik uchun mukammal yechim! Ushbu premium toʻplam chaqaloqning qoʻl va oyoq izlarini uy sharoitida oson, xavfsiz hamda juda chiroyli tarzda muhrlab qoʻyish imkonini beradi.
1[1].jpg
Mahsulot oʻta jozibali va sovgʻabop qutida (korobkada) taqdim etiladi – bu yaqinlaringiz, yosh ota-onalar yoki chaqaloqning tugʻilgan kuni (sunnat toʻy) uchun eng esda qolarli va qadrli sovgʻa boʻla oladi.
Toʻplamning asosiy afzalliklari va tarkibi:
- Toʻliq tayyor jamlanma: Toʻplam ichida sizga kerak boʻladigan barcha narsalar mavjud – tayyor ramka, xavfsiz boʻyoq, maxsus moʻyqalam (kist), iz tozalash uchun salfetkalar va ramkani stol yoki javon ustiga tik holatda qoʻyib qoʻyish uchun qulay oyoqcha (podstavka) bor.
- Mutlaqo xavfsiz va gipoallergen: Ishlatiladigan barcha materiallar chaqaloqning nozik terisi uchun zararsiz va yuqori sifat standartlariga javob beradi.
- Uy sharoitida qulaylik: Mutaxassislarga murojaat qilmasdan, oʻz uyingizda iliq oilaviy muhitda ijodiy jarayonni amalga oshirasiz.
- Interyer uchun koʻrkam bezak: Klassik va zamonaviy dizayndagi ramka uyingiz koʻrkiga koʻrk qoʻshib, xonaga oʻzgacha iliqlik bagʻishlaydi.