BAXT MANZILI YOXUD BENAZIR IMOM
Ming-minglab kitobxonlarga manzur bo’lgan, hamon sevib o’qilayotgan “HAQIQIY OMAD KALITI YOXUD SAVDOGARLAR USTOZI 1 va 2 qism” asarlarining muallifi Ahadquli Xolmuhammad O’g’lidan allaqachon kitobxonlarga manzur bo'lib ulgurgan yana bir go’zal asar, “Savdogarlar Ustozi” asari qahramoni Abdulloh ibn Muborak R.z hazratlarining ustozi, qiyomatgacha “olimman, tolibi ilmman” degan insonlarning ta’minotchisi, mazhablar otasi hazrati Imomi A’zam R.z haqlaridagi “BAXT MANZILI YOXUD BENAZIR IMOM” asari.
Ushbu kitobda ilm olish sirlari, tijoratning oltin qoidalari, insonning to tug’ilishidan vafotiga qadar qilishi lozim bo’lgan xayrli ishlar, Ustoz tutish, ota-onaga xurmat, bola tarbiyasi, oilaviy masalalar, hozirjavoblik darslari, qalblarga imorat solishning latif namunalari va yana necha foydalar bayon qilingan.
Ushbu nodir asar keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.
Siz ushbu kitobni o'zingizdan tashqari farzandlaringiz va yaqinlaringiz uchun ham o’qing.
Unutmang! Kechangizdan buguningiz, buguningizdan ertangiz ilmga, tajribaga, ko’nikmaga boyroq bolishi lozim.
Muallif: Ahadquli Xolmuhammad o‘g‘li
Tili: O‘zbek tilida
Yozuv: Krillcha
Sahifalar soni: 160
Nashryot: Ilm-Ziyo-Zakovat
Muqova: Yumshoq
Qog‘oz formati: A5
Ishlab chiqarilgan yili: 2026
To'plamda: 1 kitob

