Lafz – xalqimizga xos bo‘lgan yuksak qadriyat. Inson lafzi bilan butun. Ushbu romanda millatimizning ajoyib qadriyatlari, qadimdan saqlanib kelayotgan an’ana va udumlari qalamga olingan. Yozuvchi o‘z lafzida turmaslik boshga falokat olib kelishi mumkinligini ichki bir dard bilan tasvirlaydi. Adib o‘z asarida xalqimizning o‘ziga xos fazilatlarini obrazlar timsolida ochib berar ekan, o‘lmas qadriyatimizni faxr-iftixor bilan tilga oladi. Lafz – yuksak g‘urur timsoli. O‘z lafzida turmaslik esa nomardlikdan nishona. Asarda mana shu har ikkala holat ham rang-barang bo‘yoqlarda aks ettirilgan. Istiqlol tufayli yurtdoshlarimizning qalbiga g‘urur, pokiza iymon, milliylik, mehr-oqibat va insoniylik tuyg‘ulari qaytdi. Bunga «Lafz» romanini o‘qib yana bir karra ishonch hosil qilishingiz mumkin. Ayniqsa romandagi og‘riqli ayriliqning achchiq damlari, yoshlikning zavqli, g‘ayratli daqiqalari kitobxonni o‘ylashga majbur etadi.

