Muallif Hakan Mengüç sevgi, ishonch, hurmat, muloqot va o‘zaro tushunishning ahamiyatini ochib berar ekan, kitobxonni avvalo o‘zini anglashga, keyin esa boshqalarni to‘g‘ri tushunishga undaydi.
Kitobda oilaviy hayot, sevgi munosabatlari, insoniy qadriyatlar va hissiy barqarorlik haqida qimmatli tavsiyalar berilgan. Ushbu asar turmush qurishni rejalashtirayotganlar, juftliklar hamda shaxsiy rivojlanishga qiziqqan kitobxonlar uchun foydali qo‘llanma hisoblanadi.

