O'zaro munosabatlar - inson o'zi
bilan yuzlashadigan jarayondir. Har
bir inson yonida boshqa odamga
aylanamiz: boshqa tomonlarimizni,
boshqa yuzlarimizni ko'ramiz. O'zaro
munosabatlari insonlarning hayot
yo'lida rivojlanish jarayonlarining
eng ahamiyatli qismidir.
O'zaro munosabatlar imtihonimiz emas, muvaffaqiyat
yoki mag'lubiyat hikoyasi ham emas. O'zaro munosabatlar
o'zgarish jarayonimizdir, o'zimizni boshqa bir insonda
ko'rish, boshqa bir insonda seva olish, hattoki o'zimiz bilan
ilk bora tanishishimizdir.
Bardavom munosabatlar siri ranjitmasdan, ozor
bermasdan seva olishdir. Hozirgi davrda insonlarning
ranjimay, ozorlanmay sevilishga ehtiyoji bor. Ishonchga
ehtiyoji bor, chunki ishonch bo'lmagan joyda sevgi ham
bo'lmaydi. Har bir munosabatda boshqa odamga aylanamiz:
Sabrga ehtiyoji bor, birinchi g'avg'odayoq ajralishga emas,
kurashishga ehtiyoji bor. Chunki sevish uchun yurak, sevgini
asrash uchun harakat kerak. Insonlarning o'zgartirishga
uringanlarga emas, asliyatidek, boricha sevadiganlarga va,
tabiiyki, e'tibor beradiganlarga ehtiyoji bor... Chunki e'tibor
ko'rmagan har narsa, hatto gullar ham so'ladi...
Hakan Mengyuch asarlari 13 xil tilga tarjima qilingan,
dunyo bo'ylab keng tanilgan mashhur yozuvchi
va akademikdir. Shuningdek, o'zi bastalagan musiqalari
dunyo bo'ylab son-sanoqsiz tinglovchilar tomonidan
katta qiziqish bilan kutib olingan.

