Mashhur bogʻ bir yillik oʻsimligi, oʻziga xos rangli toʻpgullarga ega nav. Oʻsimliklar sershox, koʻp bargli boʻlib, balandligi 40 sm gacha yetadi. Toʻpgullari deyarli shar shaklida, yirik, diametri 8–9 sm, quyuq baxmal (gajimdor) va qaymoqrang-oq tusda boʻladi. Gullash nihollar paydo boʻlganidan keyin 50–60-kunda boshlanadi va kuzgi sovuqlargacha davom etadi. Gullash muddatini uzaytirish uchun soʻlgan toʻpgullarni olib tashlash kerak. Bu oʻsimlik markaziy gulzorlar, koʻkalamzorlar uchun ajoyib bezak boʻladi, shuningdek, uni tuvaklarda ham yetishtirish mumkin. Oʻsimlik issiqsevar, qurgʻoqchilikka chidamli, ammo qirov (sovuq) urishiga dosh berolmaydi. Yoritishga unchalik talabchan emas, lekin eng yuqori dekorativ koʻrinishga quyoshli joylarda erishadi. Urugʻlar mart-aprel oylarida koʻchat qutilariga ekiladi. Urugʻlarni koʻmish chuqurligi 0,5–1 sm. +18°C haroratda nihollar 7–15-kunda koʻrinadi. 2 haftadan soʻng nihollar alohida idishlarga koʻchirib oʻtqaziladi (pikirovka qilinadi). Koʻchatlar bahorgi sovuqlar tugaganidan keyin, oʻsimliklar orasidagi masofani 20–30 sm qilib tuproqqa ekiladi.

