RASTOROPSHA
IHLOS rastoropsha choyi – tabiiy vosita bo‘lib, organizmdan toksinlarni chiqarishga yordam beradi. Rastoropsha barglaridan tayyorlangan choyning eng muhim komponenti silymarin — flavonoid bo‘lib, kuchli antioksidant va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Barglari va gullarida ko‘p miqdorda tabiiy achchiqlik mavjud. Silymarin uch komponentni o‘z ichiga oladi: silibinin, silidianin, silikristin, ular rastoropshadagi asosiy faol moddalar bo‘lib, tabiiy achchiq ta’mga ega. Aynan ular choyga achchiqlik beradi va silymarin jigarning hujayralarini tiklash va uning funksiyalarini yaxshilash jarayonida ishtirok etadi. Silymarin jigarga foydali bo‘lib, jigarni himoya qiladi va safro ishlab chiqarishni yahshilaydi. Choy semizlanishning oldini olish, xolesterin miqdorini kamaytirish va yog‘ hujayralarining (adiopitsitlar) differentsirovkasini sekinlashtirishga yordam beradi. Shuningdek, glyukoza transportini tartibga soladi va modda almashinuvini normallashtiradi, bu esa vazn yo‘qotish jarayonida muhim omil hisoblanadi.
Eslatma; Rastoropsha choyida barglari va gullariga yopishgan oq yumshoq tolalar («popuklar ») uchrashi mumkin, poyalari maydalanganda esa po‘kаkga o‘xshashgan yumshoq massa hosil bo‘lishi mumkin. Har ikkala holat ham o‘simlikning tabiiy xususiyatlari hisoblanadi —popuklar urug‘larning uchuvchi qismlari bo‘lib, po‘kаkga o‘xshashgan yumshoq massa esa rastaropsha poyalaridan hosil bo‘ladi. Bular mog‘or, ifloslanish yoki hasharotlar izi emas, balki xomashyoning tabiiyligini hamda ehtiyotkorlik bilan quritilganini tasdiqlaydi, shu bilan birga choyning sifati, ta’mi va xavfsizligiga ta’sir qilmaydi.
Nojo‘ya ta’sirlari: Choyni ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Ba’zilarda oshqozon bezovtaligi, ko‘ngil aynishi va diareya mumkin. Onkologiya bilan kurashayotgan insonlar (ayniqsa, prostata yoki bachadon , ko‘krak bezi saratoni) garmon muammolari tufayli rastoropshani shifokor bilan maslahatlashmasdan qabul qilmasliklari kerak, chunki o‘simlik moddalarining estrogen darajasiga ta’siri bo‘lishi mumkin. Agar siz diabetga qarshi dorilarni qabul qilsangiz, rastoropsha bilan birga qabul qilishni shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Qat’iy ta’qiqlar: Homilador, emizikli ayollar va 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar choyni ichmasliklari tavsiya etiladi. Shuningdek, choyning komponentlariga individual allergik reaktsiya bo‘lishi mumkin.
Tarkibi: rastoropsha gullari, barglari va poyalari, qalampir yalpiz, qizil miya , yashil choy.
Tayyorlash usuli: 1-2 choy qoshiq 500-600 ml suvga solinadi, 100°C da qaynatiladi. Choy 10–15 daqiqa damlanadi. Rastoropsha ta’mi achchiq bo‘lishi mumkin, xohlasa, asal, shakar yoki shakar o‘rnini bosuvchi vosita qo‘shish mumkin. Choyni quruq, nisbatan namlik 70% dan oshmagan joyda saqlang.
Ishlab chiqaruvchi: MChJ «IHLOS HERBAL PHARM», Toshkent sh., Shayhontohur tumani, O. Xujaev MFY. Tel.: +99893 000 00 15 / +99893 801 00 10


