Moychechak - eng mashhur giyohlik o'simlik choylaridan biridir. Saralangan MOYCHECHAK gullar boshоqlaridan тayorlangan IHLOS choyI odatda terapevtik maqsadlarda foydalinadi. Moychechak 100 dan ortiq kimyoviy tarkibiy qismlardan iborat - efir moyi, flavonoidlar, kumarin Moychechak spazmolitik , yalliglanishga qarshi va o'rtacha mikroblarga qarshi ta'siriga ega, ichaklarda fermentatsiya jarayonlarini kamaytiradi va ovqat hazm qilish bezlari sekretsiyasini oshiradi. Moychechak choyi tinchlantiruvchi sifatida tanilgan. U stress holatlarda, oshqozon kasalligida, uyqusizlikda va kop boshqa holatlarda istemol qilinadi. Moychechak choyi – shifobahsh ichimlik bo'lib u antioksidant sifatida yillar davomida ishlatilgan saraton va yurak xastaligi xavfini kamaytirishga sababchi giyoh. Teri bilan bog'liq muammolarda, oshqozon va ichakdagi og'riqlarga juda foydali giyoh. Shuningdek moychechak gullari damlamasi meteorizm va kolit uchun ishlatiladi gemorroy va turli ichak kasalliklari uchun terapevtik ho'qna va mikroklizmalar tayyorlanib foydalinadi. Moychechak chayish va yuvish sifatida burun, tomoq va ko'zning yallig'lanish kasalliklari uchun foydalidir. U yuz terisida husun buzarda va yallig'lanishli toshmalarni yuvish bilan davolash uchun ishlatiladi.
Qo'llash uchun ko'rsatmalar: Moychechak damlamasi surunkali gastrit, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yaralari, surunkali enterit, surunkali kolit, meteorizm, ichak spazmlari, diareya uchun kompleks terapiyada qo'llaniladi.
Mahalliy chayish uchun - LOR a'zolari va og'iz bo'shlig'ining yuqumli va yallig'lanish kasalliklarida (faringit, tonzillit, stomatit, gingivit) uchun kompleks terapiyada qo'llaniladi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar: allergik reaktsiyalarda. Homilador va emizikli ayollarga moychechak faqat shifokor ko'rsatmasi bo'yicha foydalanishga ruxsat beriladi.



