Tog’lardan avaylab terilgan ko’k choyning barglari, dorivor o'simliklar bilan birgalikda uygunlashganda Sizga takrorlanmas ta’m va giyohli choyning shifobahsh hususiyatlarini tuliq namoyon qiladi. Xushbo'y valeriana va qalampair yalpiz sizga tinchlik va uyg'unlikni tuhfa etsa, yalpizning saralangan barglari tinchlantiruvchi ta'm va hidni his qilishingizga imkon beradi. Mikro-elementlarga boy bo'lgan kiyik o’ti barglari yurak urish maromini sekin asta tiklaydi,asab tizimiga hotirjamlik,tanangizga engillik beradi.
Tarkibi : Qalampir yalpiz, to’g rayhon, dorivor valeriana, kiyik o’ti , arslonquyruq, dorivor limon o’t, ko’k choy.
Qalampir yalpiz - Qattiq asabiy qo'zg'alish bilan bog'liq stresslarni tinchlantiradi. Yuqori nafas yo'llarining yallig'lanish kasalliklari asoratlarini engillashtiradi, bosh og'rig'ini hosil bo’lish sabablarini yuqotadi. Qattiq asabiy zo’riqishlarning organizmga zararli tasirini kamaytiradi.
Тo’g rayhon - markaziy asab tizimiga tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi. to’g rayhon o'tlari ichkarida nevrozlar, uyqusizlik uchun tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, to’g rayhonni iste'mol qilish progesteron gormoni ishlab chiqarishni ko'paytirishi mumkin. to’g rayhon hujayra ichidagi progesteron retseptorlari bilan bog'lanib, uning tarqalishini rag'batlantiradigan asosiy o'simliklardan biri ekanligi isbotlangan. Progesteron bir nechta tana funktsiyalarida, odatdagi uyqu rejimini saqlashdan qondagi qand miqdorini normallashtirishda muhim rol o'ynaydi.
Dorivor valeriana - tinchlantiruvchi sifatida asabiylashish, uyqusizlik, yurak nevrozlari, bosh og’rigi, shaytonlash va qon aylanish sistemasini mo’tadillashtiradi.
Kiyik o’ti - asab tizimini tinchlantiradi va stress belgilaridan xalos bo'lishga yordam beradi. Umumiy charchoqlardan halos etib, taskin beruvchi ta'sirga ega..
Choy tayyorlash usuli : 2-3 choy qoshiqda 500-600 ml 100 daraja haroratdagi qaynatilgan suvga 10 -15 -daqiqa davomida damlab qo'yiladi . Quruq joyda nisbiy namlik 70% dan ko'p bo'lmagan joyda saqlang.
Ishlab chiqaruvchi: MCHJ «IHLOS HERBAL PHARM», Toshkent sh, Shayxontohur tumani, О.Xo`jayev MFY. +99893 000 00 15 +99893 801 00 10
Choy ichimligining tarkibi sizga bo'lgan muhabbat va g'amxo'rlik bilan ishlab chiqilgan.

