Hush bo’y ko’k choyining takrorlanmas ta’mi ila shifobaxsh giyoxlar guldastasi aralashmasidan xosil bo`lgan ajoyib QABZIYAT choyi. Sizga nafaqat choydan roxatlanish hissini balki o`zining shifobaxshligi va ichni yumshatish xususiyati bilan uyg`unlashgan holda ichki dunyoyingizga yengillik va xotirjamlikni olib keladi. QABZIYAT choy – IHLOS ich qotishining barcha turlarida ham atonik va spastikda qo'llaniladi peristaltikani rag'batlantirib va ichaklarni tozalaydi anal yoriqlada , proktit, ich qotishi, gemorroy yoki intoksikatsiyani davolash uchun ishlatiladi.
Tarkibi: Sano bargi, Sano urugi, Krushina, Arpabodiyon , Valeriana , Qalampir yalpiz, Jumrut, ko’k choy.
Sano bargi - o'simlikning barglari va ekstrakti uzoq vaqtdan beri ich yumshatuvchi sifatida, shuningdek jigar va o't pufagi kasalliklarida ishlatilgan.
Krushina - Giyohlik surgi vositasi . Ushbu surgi giyohi ichak shilliq qavatini bezovta qiladigan, peristaltikaning refleksli hayajonini kuchaytiradigan va ich yumshatuvchi ta'sirga ega bo'lgan antraglikozidlarning tarkibiga bog'liq
Qalampir yalpiz - Oshqozon va ichak spazmlarida, meteorizmda, hamda ovqat hazm qilishni yaxshilovchi, va ishtahani oshiruvhi sifatida ishlatiladi. Yuqori nafas yo'llarining yallig'lanish kasalliklarida qo'llaniladi, bosh og'rig'ini tinchlantiradi.
Jumrut - turli xil taninlarni, tabiiy kislotalarni, flavonoidlarni o'z ichiga oladi. Quyidagilar uchun ishlatiladi: ovqat hazm qilish buzilishi, turli xil ich qotishlar, ichak atoniyasi; gemorroy. Ichak asab tolalari uchlarini qo'zg'atadi, peristaltikani, asosan qalin qismini kuchaytiradi va uning bo'shanishini tezlashtiradi.
Hush bo’y ko’k choyi bilan birlashtirilgan dorivor o’simliklar barglari Sizga g’oyat ajoyib yengillik beradi. Mikro va makro elementlarga boy bo’lgan qabziyat choyi antispazmolitik, yallig'lanishga qarshi va tinchlantiruvchi ta'sirga ega. Badandan zararli bo'lgan toksinlarni chiqarib tashlaydi. Tananing ichki muvozanatini tiklaydi va ortiqcha vazndan halos qiladi. Yengil ich yumshatuvchi ta'sir ko'rsatadi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar : Noma'lum kelib chiqqan qorin og'rig'i, peritonit, oshqozon-ichak traktidan qon ketish, bachadondan qon ketish, sistit. Homiladorlik va laktatsiya davri.
Kuniga bir maxal istemol qilinadi qabziyat uchun kechki paytda. Ich yumshatish ta'siri 8-13 soatdan keyin rivojlanadi.
Choy tayyorlash usuli : 2-3 choy qoshiqda 500-600 ml 100 daraja haroratdagi qaynatilgan suvga 20 -30 daqiqa davomida damlab qo'yiladi . Quruq joyda nisbiy namlik 70% dan ko'p bo'lmagan joyda saqlang.
Ishlab chiqaruvchi: “IHLOS HERBEL PHARM” MChJ, Toshkent sh, Shayxontohur tumani, O.Xo`jayev MFY.
+99893 000 00 15 +99893 801 00 10
Choy ichimligining tarkibi sizga bo'lgan muhabbat va g'amxo'rlik bilan ishlab chiqilgan

