IMMUNITET UCHUN CHOY
Insonning immun tizimi- bu o`ziga hos to`siqdir. U tashqaridan keladigan barcha virus va bakteriyalardan bizning organizmni himoya qiladi. Immuniteti kuchsiz inson himoyasizdir va bu ko`pincha kishilarda va ayniqsa bolalarda turli kasalliklarga chalinish sababchisi bo`lib qolmoqda. Immunitetni kuchaytirish va uni tashqi ta’sirlarga chidamliligini oshirish hammamiz uchun zarur. Kasallik kelishini kutib o`tirmay hozirdanoq immunitetni ko`tarish uchun qora choyining takrorlanmas ta’mi bilan nordon qalampirmunchoq hamda oltin ildizning tirnoqgul barglari bilan hamohangligi bezovtalik hislarini yo'q qiladi va kasallik qo’zg’atuvchilarga qarshi ta’sir ko’rsatadi. Efir moylariga boy bo'lgan arpabodiyon mevalarining soyabonlari, ichki yallig'lanishlarni bartaraf etadi va organizmni mustahkamlaydi.
Tarkibi; Namatak , oltin ildiz, tirnoqgul, аrpabodiyon, qalampir munchoq, qora andiz , qizilmiya ildiz, chistotel, ittikanak, qora choy.
Na’matak- immuniteti past insonlar uchun haqiqiy xazinaning o`zi. Tarkibi C vitaminiga boyligi, organizmni himoyasini kuchaytirishi, havo- tomchi yo`li orqali o`tadigan kasalliklardan yaxshi himoya qilishi bilan tanilgan. Shu bilan birga ushbu o`simlik C vitaminidan tashqari o`zida temir, rux, magniy, kaliy, fosfor kabi organizmga kerak bo`lgan moddalarni ham saqlaydi . Ateroskleroz alomatlarini kamaytiradi hamda P vitamini hisobiga qon tomirlarini mustaxkamlaydi hamda askorbin kislotasini organizmga so`rilishini yaxshilaydi.
Oltin ildiz (Pushti Rodiola) (Rhodeola Rosea L) - ilmiy izlanishlar o'simlik tarkibidagi 140 dan ortiq komponentlar, makro va mikro elementlarni aniqladi. O’simlik antibakerial va mikroblarga qarshi hususiyatga ega. Organizmni kasalliklarga qarshi kurashuvchanligini oshiradi.
Dorivor tirnoqgul (Calendula Officinalis L) - Dorivor tirnoqgul tananing himoya funktsiyalarini rag'batlantiradi, immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Dorivor tirnoqgul bakteritsid, yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega - u stafilokokklar va streptokokklarni o'ldiradi va yallig'lanish va yuqumli kasalliklarni davolashda keng qo'llaniladi.
Arpabodiyon (Anisum Vulgare Gaertn) - yallig'lanishga qarshi, antiseptik, antispazmolitik xususiyatlarga ega. Anis mevalari bronxlar va ichaklarning bez apparati faoliyatini yaxshilaydi, oshqozon-ichak traktining sekretor funktsiyasini kuchaytiradi va ichakning silliq mushaklarining spazmlarini kamaytiradi.
Qalampir munchoq (Caryophyllus aromaticus L) – qalampirmunchoq kurtaklari ko'p miqdorda efir moyi va taninlarni o'z ichiga olgan. O'simlikning efir moyi va uning bir qismi bo'lgan “evgenol” moddasi bakteriostatik ta'sir ko'rsatadi.
Choy tayyorlash usuli : 2-3 choy qoshiqda 500-600 ml 100 daraja haroratdagi qaynatilgan suvga 10 -15 -daqiqa davomida damlab qo'yiladi . Quruq joyda nisbiy namlik 70% dan ko'p bo'lmagan joyda saqlang.
Choy ichimligining tarkibi sizga bo'lgan muhabbat va g'amxo'rlik bilan ishlab chiqilgan.

