Chakanda va takrorlanmas qora choyi qo`shilgan IHLOS choylari. Chakandaning foydali xususiyatlari undagi ko`p miqdordagi vitaminlar va minerallar xamda antioksidantlarning borligi va shu bilan birga C vitaminining sitrus mevalardagiga nisbatan 9-12 barobar ko`pligidadir. Chakanda mevasida Kaliy, Kaltsiy, Magniy, Temir, Fosfor xamda karotinoidlarning borligi, biotin va B1, B2, B6 vitaminlarga boyligi bilan aloxida ajralib turadi.
Chakandali choyni shamollashda, gripp asoratlarini yoqotishda va oshqozon ichak yo`llarini parvarishlashda ishlatiladi. Infektsiyalarni va yallig`lanishlarni davolashda qo`llanilishi esa bu choyni yanada ko`proq ichishga undaydi. Ushbu choyni kundalik ratsionga qo`shish sababli Siz o`z vazningizni oshib ketmasligini nazoratga olasiz. Qandli diabetga chalinish extimmolligini kamaytirish bilan birgalikda yurak- qon tomir kassalliklarini oldini olishda yordam beradi.
IHLOS HERBAL PHARM - giyohlik choyini ichilganida undagi Zanjabil , Dolchin giyohlari birikmasi jigarni ximoyalab, tozalab turadi, buning natijasida u tozalanib, yengil tortadi va o`z vazifasini faol bajarishga o`tadi. O`t pufagini tozalaydi. O`t pufagini sog`lomlashtiradi. Bunday qaynoq choy ichilganida organizmni ichdan qizdiradi va sovuqdan ximoya qiladi, shuning uchun uni sovuq va nam havoli kunlarda ichish ayniqsa yoqimli.
Zanjabil organizmni qizdiruvchi ta’sirga ega, ortiqcha kaloriyaga ega bo`lgan keraksiz energiyani chiqarib yuboradi, tanada meyordagi xaroratni saqlashda yordam beradi, ichki a’zolardagi shamollashlarni oldini oladi, Immun tizimini mustahkamlaydi, gripp va shamollash viruslariga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega. Chakanda va Zanjabil - IHLOS choyi virusli kasalliklarning tarqalishi davrida birinchi alomatlarini engishga yordam beradi.
Tarkibi: Chakanda, zanjabil, dolchin, arpabodiyon, qora choy.
Choy tayyorlash usuli : 2-3 choy qoshiqda 500-600 ml 100 daraja haroratdagi qaynatilgan suvga 10 -15 -daqiqa davomida damlab qo'yiladi . Quruq joyda nisbiy namlik 70% dan ko'p bo'lmagan joyda saqlang.
Ishlab chiqaruvchi: MCHJ «IHLOS HERBAL PHARM», Toshkent sh, Shayxontohur tumani, О.Xo`jayev MFY. +99893 000 00 15 +99893 801 00 10
Choy ichimligining tarkibi sizga bo'lgan muhabbat va g'amxo'rlik bilan ishlab chiqilgan

