HAMMA NARSA SEN UCHUN KITOBDIR, DARSDIR
Bu hayotda boshdan o'tkazganlaringning barchasi
sen uchun darsdir. Hech narsa uchun kech bo'lgani yo'q.
Nima boʻlganda ham sen o'zingga kech qolma, o'tmishda
yashama. Hayotingda yangi bir sahifa och. Umringga
yangi bir boshlanma tuhfa et...
Keyin esa o'zgarmaydigan bedavo narsalarni hayot
sahifangdan birma-bir o'chirib tashla. Hayotingni rango-
rang onlar bilan boʻya. Tushkunlik, umidsizlik yukini
yelkangdan uloqtir. Yuragingda umidga joy bo'shat.
Orzularingni fikrlaring bilan uyg'unlashtir. Ko'nglingni
ogʻritgan, senga yomonlik tilaydigan, yaxshilik tomon
yurmaydigan kimsalarning ustini qalin chiziqlar bilan
chizib tashla (Ular bilan aloqani uz). Ko'z yoshlaring
daryodek oqishiga sabab boʻlganlarni ko'ngling qatlaridan
chiqarib tashla. O'zingga yangi va yoqimli onlar hadya qil.
Qani bo'l!
Yangi bir boshlanma insho et!
Yangilan!
Yangila o'zingni!
Hayotingda yangi bir sahifa och.
Ertanggi kuningga yangi imkoniyatlar eshigini och.
Yangilan va ahvolingni ijobiy tomonga o'zgartir.

