Barcha zotli mushukchalar uchun super-premium sifatli, quruq, muvozanatlashgan to'liq ratsionli ozuqa.
Green Holder — uy hayvoningizning salomatligi va uzoq umr ko'rishi uchun mehr va g'amxo'rlik bilan.
Green Holder KITTEN ALL BREEDS ratsioni faol o'sish davrida to'g'ri rivojlanish uchun o'sayotgan organizmni barcha zarur ozuqaviy moddalar bilan ta'minlash maqsadida maxsus ishlab chiqilgan. Ozuqa, shuningdek, bo'g'oz va emizikli mushuklar uchun ham mos keladi. Ozuqaviy moddalar, zarur vitaminlar va minerallarning yuqori miqdori ularning fiziologik ehtiyojlarini to'liq qondiradi. Tarkibidagi yog'lar hamda Omega-3 va Omega-6 yog' kislotalarining optimal mutanosibligi hayvonning yungi holatini yaxshilashga va teri salomatligini saqlashga yordam beradi. Probiotik va prebiotiklar oshqozon-ichak trakti mikroflorasi faoliyatini me'yorga keltiradi, ichakning motor funksiyasini yaxshilaydi, hazm qilish jarayonini optimallashtiradi va immunitetni mustahkamlaydi. Kalsiy va fosforning optimal muvozanati o'sayotgan mushukchalarda skelet suyaklarining mustahkamligini ta'minlaydi, xondroprotektorlar esa tog'aylar hosil bo'lishida ishtirok etib, bo'g'imlar va paylarni mustahkamlashga yordam beradi. Taurin yurak faoliyatini qo'llab-quvvatlashga, ko'rish qobiliyatining yaxshi bo'lishiga xizmat qiladi va asab tizimi faoliyatini me'yorga keltiradi. 6 haftalikdan oshgan mushukchalar, shuningdek, homiladorlikning ikkinchi yarmidagi va laktatsiya (emizish) davridagi mushuklar uchun tavsiya etiladi.
Ozuqaviy moddalar miqdori
Energetik qiymati: 3847 kkal/kg

