Rang: Pushti
AfzalliklariQizim uchun maktabga olib berdim, rosa xursand bo‘ldi 😍 Telefon juda chiroyli ekan, ayniqsa pushti rangi qizimga juda yarashdi. Qizim barbi qog’irchoqlarni juda yaxshi ko’rar edi aynan u bop telefon ekan ko’rishim bilan tezda sotib oldim. Maktabda hammaning telefonidan ajralib turadi, Barbi dizayni esa alohida chiroyli🩷🎀 Kichkina qiz bola uchun juda qulay, ixcham va ishlatishga oson. Kattalar ham tutsa yarashaveradi chunki o’zimga ham juda yoqti menyulari ham barbi ekan o’zim uchun ikkinchi telefon qilib olishni o’ylab turibman. Eng muhimi, qizim o‘zi ham juda yoqtirib, qo’lidan qo’ymay olib yuribdi 😊
KamchiliklariAslo yo’q
IzohRostini aytsam, rasmdagidan ham chiroyliroq chiqdi. Qadoqlanishi ham yaxshi, telefon yangi va chiroyli holatda keldi. Qizimning yuzidagi xursandchilikni ko‘rib, olganimdan juda mamnun bo‘ldim. Ona sifatida aynan qizimga mos, chiroyli va qulay telefon topganimdan xursandman. Sotuvchiga ham rahmat, xariddan ko‘nglim to‘ldi! 🩷🫰
Sotuvchining javobi
Assalomu alaykum!
Bizning do’konimizni tanlaganingiz, qimmatli va samimiy fikringiz hamda 5 ⭐ bahoyingiz uchun chin qalbimizdan minnatdorchilik bildiramiz!
Sizning mamnunligingiz va iliq fikrlaringiz biz uchun eng katta mukofotdir. Har bir buyurtmani mas’uliyat bilan tayyorlash, sifatini tekshirish va mijozlarimizga eng yaxshi xizmatni ko’rsatish bizning asosiy maqsadimiz. Mahsulotimiz sizning kutganingizdek chiqqanini bilish esa bizni yanada ilhomlantiradi.
Siz ajratgan vaqtingizni ayamay fikr qoldirganingiz uchun alohida rahmat. Sizning izohingiz nafaqat bizni qo’llab-quvvatlaydi, balki boshqa xaridorlarga ham to’g’ri tanlov qilishda yordam beradi.
Ishonchingiz va qo’llab-quvvatlaganingiz uchun yana bir bor rahmat! Mahsulotimiz sizga uzoq yillar davomida bemalol xizmat qilsin. Kelgusida ham sizni do’konimizda mamnuniyat bilan kutib qolamiz. Sizga va yaqinlaringizga sihat-salomatlik, baxt va fayzli kunlar tilaymiz! 😊🤝