BALZAMIN “JUSTO WHITE”
Xarakteristikasi:
Yorqin oq gullarga ega ixcham bir yillik manzarali o‘simlik. O‘simlik yaxshi shoxlanadi, bo‘yi 15–20 sm gacha yetadi va zich gullovchi tup hosil qiladi. Gullari yirik, ko‘p sonli va uzoq vaqt chiroyini saqlaydi. Gulzorlar, bordyurlar, кашpo, konteynerlar va balkon bezagi uchun juda mos.
Agrotexnikasi:
O‘simlik issiqsevar va namsevar hisoblanadi. Quyoshli hamda yarim soyali joylarda yaxshi o‘sadi. Yumshoq, unumdor va yaxshi drenajlangan tuproqlarni yoqtiradi. Urug‘lar fevral–mart oylarida ko‘chat uchun ekiladi. Urug‘lar nam tuproq yuzasiga sepilib, chuqur ko‘milmaydi. +20…+24°C haroratda nihollar 10–15 kunda unib chiqadi. Haqiqiy barglar chiqqandan keyin ko‘chatlar ko‘chirib o‘tkaziladi. Ochiq yerga sovuq xavfi o‘tgach, o‘simliklar orasida 20–25 sm masofa qoldirib ekiladi. Uzoq muddat gullashi uchun muntazam sug‘orish va oziqlantirish tavsiya etiladi.

