Soch uchun balzam
Mega-hajm, soch tolalarini qalinlashtirish, hajm va yorqinlik
Balzam shampun ta’sirini kuchaytiradi, sochlarga uzoq saqlanadigan jozibali hajm beradi va ularni og‘irlashtirmaydi.
Faol komponentlar uyg‘unligi va Kerestore texnologiyasi soch tolalarining diametrini sezilarli darajada oshiradi, tuzilishini tiklaydi, butun uzunligi bo‘ylab qalinlashtiradi va hurpayishni kamaytiradi.
Konditsioner polimerlar sochlarni ildizidan ko‘tarib, ularga uzoq vaqt saqlanadigan chiroyli hajm berishga yordam beradi. Sochlar oson taraladi, yorqin, ipakdek mayin va ushlab ko‘rganda nihoyatda yoqimli bo‘ladi.
Maksimal samaraga ushbu seriyadagi vositalardan birgalikda foydalanilganda erishiladi.

