BALZAMIN “BLUE PEARL”
Xarakteristikasi:
Mo‘l va yorqin gullaydigan bir yillik manzarali o‘simlik. Bo‘yi 30 sm gacha yetadigan ixcham va yaxshi shoxlanuvchi tup hosil qiladi. Gullari to‘q pushti rangda, yirik va juda ko‘p bo‘lib, mavsum davomida o‘simlikni to‘liq qoplaydi. Noqulay ob-havo sharoitlari va kasalliklarga chidamliligi yuqori. Osma savatlar, кашpo, balkon qutilari va gulzorlar uchun juda mos.
Agrotexnikasi:
O‘simlik issiqsevar va namsevar hisoblanadi. Yengil, unumdor va yaxshi drenajlangan tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Urug‘lar fevral–mart oylarida ko‘chat uchun ekiladi. Urug‘lar nam tuproq yuzasiga sepilib, chuqur ko‘milmaydi. +20…+24°C haroratda nihollar 10–15 kunda unib chiqadi. Ko‘chatlar yorug‘ joyda parvarish qilinadi. Ochiq yerga sovuq xavfi o‘tgach, o‘simliklar orasida 20–25 sm masofa qoldirib ekiladi. Uzoq muddat gullashi uchun muntazam sug‘orish va oziqlantirish tavsiya etiladi.

