Baliq uchun ziravor. Bizning ziravorimiz har qanday baliqli taomni o'zgacha lazzatli qiladi. Aynigsa qovurilgan, qaynatilgan, pishirilgan baliq, baliq kotletlari, baliq sho'rvalar va qaylalarni tayyorlash uchun juda yaxshi. Qovurilgan baliqni tayyorlashda ziravor taom tayyorlashdan 20-30 daqiqa avval surib qo'yiladi. Qaylalar va sho'rvalarda esa ziravor taom tayyor bo'lgunga qadar qo'shilishi maqsadga muvofiqdir. Tarkibi: zanjabil, muskat yongogi, dafna yaprog'i, ukrop, sabzi, paprika, piyoz, rayhon, limon kislotasi, murch, ta mkuchaytirgich E621 (glutamat natriy), yodlangan tuz. Sof og'irligi: 120 g. +20°C dan yuqori bo'lmagan haroratda va 60% dan ortiq bo'lmagan nisbiy namlikda saqlang. Ishlab chiqarish sanasi qadoqda ko'rsatilgan. Yaroqlik muddati: Ishlab chiqarilgan kundan boshlab 12 oy.

