Toni Sheyning “Baxt yetkazish” asarida siz hayotiy tajribaga asoslangan hikoyani o‘qiysiz. Kitob Zappos kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Toni Sheyning biznes, korporativ madaniyat, xodimlar boshqaruvi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tajribalarini o‘z ichiga oladi.
Zapposdagi standart ish tartibi hayratlanarli:
• Ishdan bo‘shash uchun yangi xodimlarga katta pul taklif qilish;
• Mijozlarga xizmatni faqat bir bo‘lim emas, balki butun kompaniya mas’uliyatiga aylantirish;
• №1 ustuvor vazifa sifatida korporativ madaniyatga e’tibor qaratish;
• Biznesni yuritishda baxt ilmidan olingan tadqiqotlarni qo‘llash;
• Xodimlarga shaxsiy va kasbiy o‘sishiga yordam berish;
• Dunyoni o‘zgartirishga intilish;
• Va albatta, pul ishlash…
G‘ayritabiiy eshitilyaptimi? Bu yondashuv Zapposga har yili 1 milliard dollardan ortiq yalpi tovar sotuvini amalga oshirishga yordam berdi. 2009-yilda Fortune jurnalining “Ishlash uchun eng yaxshi kompaniyalar” ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi va shu yili Amazon tomonidan 1,2 milliard dollarlik shartnoma bilan sotib olindi.
Kitobdan nimalar o‘rganish mumkin:
• Korporativ madaniyat muvaffaqiyat kaliti ekanligini;
• Atrofingizdagi insonlarga baxt ulashish orqali o‘zingiz ham baxtliroq bo‘lishni;
• Toni Shey LinkExchange, Zappos va boshqa biznes tajribalaridan olgan saboqlarini;
• Xodimlarni rag‘batlantirish, jamoani uyg‘un ishlatish va mijozlarga xizmatni oshirish yo‘llarini.
Ushbu kitob bir nafasda o‘qib chiqiladigan amaliy biznes qo‘llanma bo‘lib, “New York Times” va “Wall Street Journal” bestsellerlari ro‘yxatidan joy olgan. Ushbu asar nafaqat rahbarlar, balki har bir inson uchun hayotiy saboqlar va ilhom manbai bo‘la oladi.

